Dzyudochilarimiz Ozarbayjondagi turnirda navbatdagi medallarni qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1068
Avval xabar berib o'tganimizdek, yosh dzyudochilarimiz Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi xalqaro turnirda ishtirok etayotgandilar.
Bugun o'tkazilgan bahslarda -57 kg vazn toifasida Shukurjon Aminov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy egalladi. Qizlar o'rtasida -70 kg vazn toifasida o'tkazilgan bahslarda Irisxon Qurbonboeva ham oltin medalga sazovor bo'ldi. +90 kg vaznli Islombek Ravshanqulov ham terma jamoamiz hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ydi. -66 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Samandar Toshboev esa bronza medali sohibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, kecha Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) oltin, Xosiyat Hasanboeva (-44 kg) esa bronza medaliga ega chiqqandi.