So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bugun dedlayn. Superliganing 5 ta klubi musobaqaga qo'yilmasligi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3184
Professional futbol ligasi bugun — 22 fevral sanasida Superliga uchun da'vogar bo'lgan 12 ta klub haqidagi o'z xulosalarini O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga taqdim etadi.
Bungacha “Paxtakor”, “Lokomotiv”, AGMK, “Metallurg”, “Buxoro” va “Qo'qon-1912” klublari litsenziyalash bo'yicha reglamentning akademiya talablarini bajarmagani yuzasidan xabar berilgandi. Ayni vaqtda “Qo'qon-1912” futbol klubi Farg'ona viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bugun kechga qadar qolgan 5 ta klub rahbariyati 2019 yilgi mavsum talabi bo'yicha kafolat xati taqdim etishi kerak.
Agar mana shu 5 ta klub kafolat xatini o'z vaqtida taqdim etmasa, ularning Superligada ishtirok etish masalasi so'roq ostida qoladi. Ularning o'rnini katta ehtimol bilan “A” Pro-ligasida to'p surishi kerak bo'lgan va litsenziyalash talablarini amalga oshirayotgan klublar egallashi mumkin. Bu haqdagi qarorni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Litsenziyalash bo'yicha qo'mitasi qabul qiladi hamda tasdiqdan o'tkazish uchun Ijroqo'mga kiritadi. Professional futbol ligasi mana shu taqdimnoma asosida 25 fevral kuni Superliganing 2019 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlaydi.
Ma'lumot uchun, klublarga taqdim etilgan 2019 yilgi mavsum uchun Musobaqalarni o'tkazish reglamentida Superligada 10 ta klub ishtirok etishi mumkinligi masalasi ham ko'rsatib o'tilgan. Voqealar shu taqlid davom etsa, musobaqa formati 10 ta klubga moslab tuzib chiqiladi hamda 25 fevral kuni shunga asosan qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Marosim 18:45 dan boshlab “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi.