So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. «Liverpul» va «Bavariya». Javob o'yinidan oldin kimda imkon ko'proq?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3535
Kecha «Enfild»da bo'lib o'tgan uchrashuv ko'plab muxlislarda ikki xil taassurot uyg'otdi. Bugun kechagi uchrashuv va uning javob o'yini oldidan kimda imkon ko'proq ekanligini chamalab ko'ramiz.
Uchrashuv haqida
O'yin «liverpul»ning katta ustunligida o'tgan bo'lsada, statistika boshqacharoq gapirmoqda. 90 daqiqa mobaynida ikki jamoa darvoza sari atigi 2 bor aniq zarba yo'llashdi. Eng qizig'i shundaki, «Liverpul» safida eng ko'p zarbani markaziy himoyachi Matip yo'lladi. Uning 4 bor yo'llagan zarbalaridan birortasi aniq chiqmadi.
«Bavariya» bu uchrashuvdan avval bir necha o'yinlardan beri himoyadagi muammolarni bartaraf eta olmagandi. Kecha buni berkitish uchun o'yinni «o'ldirishga» urindi. Ular to'pni u qanotdan bunisiga o'tkazib, raqibni pressing qilishga va vaqtdan yutishga harakat qilishdi. Levandovskiyning kechagi uchrashuvda ko'rsatgan o'yini so'zimizga isbot bo'la oladi. U hujumga o'tganida iloji boricha to'pni ushlab turishga urindi. Deyarli bir marotaba ham o'tkir pas bermadi.
Bu durangdan kimga ko'proq foyda?
«Bavariya»
Klubning so'nggi o'yinlariga nazar tashlasangiz, himoyadagi muammolar yaqqol ko'rinib qoladi. Kovach javob bahsi oldidan o'z jamoasiga gol urishni emas, o'tkazib yubormaslikni asosiy vazifa qilib qo'ygani shundoq ko'rinib turdi. Sababi, nursiz durang «Alianz Arena»da bo'lib o'tadigan bahs oldidan ular uchun ideal hisob edi. Shu sabab «Bavariya» o'yin tempini ko'tarmadi, iloji boricha kichik epizotlar orqali matchni «o'ldirishga» urindi va buning uddasidan chiqdi ham. Hatto, Hames hujumga umuman o'tmadi. Asosan, markazdagi to'p uchun kurashlarda ishtirok etish bilan cheklandi. Ular uchun bu uchrashuv ko'ngildagidek o'tdi desak, adashmagan bo'lamiz.
«Liverpul»
Klubning asosiy 3 ta markaziy himoyachilari jarohatlangani sabab ushbu uchrashuvda Fabinyo markaziy himoyada o'ynashga majbur bo'ldi. Aynan shu sabab qanot himoyasidagi Robertson so'nggi 12 uchrashuvdagi eng kam hujumkor harakatlar ko'rsatgan o'yinini o'tkazdi. Klopp bu uchrashuv oldidan «Firminoning formada emas ekanligi va Virjilning yo'lqigi jamoa o'yiniga ta'sir o'tkazmay qolmaydi»,- deb tan olgan edi. Amalda ham shunday bo'ldi. Qanot himoyachilari Matip va Fabinyoga yordam berish uchun hujumlarga deyarli qo'shilishmadi.
Jamoaning asosiy quroli sanaladigan qarshi hujumlar kecha amalga oshmadi. Sababi, Robertson va Arnold himoyadan deyarli chiqmadi. Hujumdagi uchlik esa bir nimalar qilishga urinishdi. Maydon markazida to'pni olib qo'ygan yarim himoychi to'pni oldinga bir o'zi olib borib, hujumdagi uchlikka etkazib berdiyu o'zi iloji boricha o'z pozitsiyasiga yaqinroq o'ynadi. Kecha «Liverpul» o'yin davomida 3 yo 4 bor pozitsiyon hujum uyushtirdi, ammo bu hujumlar shu qadar extiyotkor ediki, xatto, havfli vaziyat bilan ham tugamadi. Klopp Firminoni zahiraga olib hujumdagi urg'uni ikkinchi qavatga ko'chirdi. Origi esa top saviyadagi hujumchilar singari yarimta imkoniyatdan foydalana olmasligini kecha shundoq ko'rsatib qo'ydi…
Javob o'yini oldidan kimda imkoniyat ko'proq?
Niko Kovach va Klopp ilk uchrashuvdagi hisobdan to'liq qoniqqan bo'lsa, ajab emas. Kovach javob uchrashuvi Myunhenda bo'lishini hisobga olib bor imkoniyatlarini uyda ko'rsatishga urinib ko'rsa, Klopp javob uchrashuvini to'liq tarkibda o'tkazadi. «Bavariya» o'z uyida juda havfli bo'lsada «Alianz Arena»da hujumga o'tishga majbur bo'ladi. Bu esa Klopp shogirdlari uchun qarshi hujumda o'ynash imkonini beradi. 1:1 yoki boshqa hisobdagi durang «Liverpul»ni keyingi bosqichga olib chiqishini hisobga olsak, Bavariya o'ta extiyotkor o'ynashiga to'g'ri keladi. Mehmonda urilgan golning qadri balandroq ekanligi sabab «Bavariya» konsentratsiyani bir lahzaga ham yo'qotmasligi shart! Bu esa «Liverpul»dan ortiqcha bosimni olib tashlaydi. Agar «qizillar» erkin o'ynashsa, hech qaysi jamoaga oson bo'lmasligi aniq! «Bavariya» o'z stadionidagi g'alabaga ishonayotgan bo'lsa, «Liverpul» to'liq tarkib bilan ko'rsatadigan daxshatli o'yinlariga ishonib ilk uchrashuvdan to'liq voz kechdi. Bu juftilik o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv aql bovar qilmas darajada shiddatli o'tishi aniq. «Enfild»dagi o'yin to'fon oldidan sokinlashib turgan ummonni eslatgan bo'lsa, javob o'yini gollarga boy, yuqori tempda o'tishi aniq. Ikki klub ham javob o'yini oldidan o'z «kuzer»laridan foydalanmaganini hisobga olsak, bizni «Alianz Arena»da 90 daqiqa 100% kurashlarga boy, chiroyli match kutmoqda!