So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. Bugun "Chelsi" Londonda "Atletiko"ni qabul qiladi. (Prevyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187
Bugun aniqog'i, chorshanbadan, payshanbaga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da UEFA Chempionlar Ligasining pley-off uchrashuvlari doirasidagi navbatdagi o'yinlari o'tkaziladi. Bugunning eng markaziy qarama-qarshiliklari sifatida qaralayotgan Londonning "Chelsi" va Madridning "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga bag'ishlangan qisqacha prevyuni taqdim etamiz.
Mazkur jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 24-fevral kuni o'tkazilgan bo'lib, unda "Chelsi" minimal 1:0 hisobida g'alaba qozonishni uddalashgan. 68 daqiqada Olive Jiru tomonidan kiritilgan gol "aristokratlar"ga Londondagi javob uchrashuvi oldidan muhim g'alabani taqdim etdi. Umuman olganda ushbu bahsda Tuxel shogirdlari madridlik raqiblaridan kuchiroq o'yin namoyish etishgan. "Chelsi" raqiblari darvozasi tomon 12 marta zarba yo'llagan bo'lsa, shularning 5tasi manziliga aniq etib borgan. "Atletiko"da esa bu ko'rsatkich juda past. "Matraschilar" londonliklar darvozasiga 6 marta zarba yo'llagan bo'lsa, hech qaysisi aniq bo'lmagan. Qolaversa, to'pni nazorat qilish ko'rsatkichi ham Tuxel shogirdlari tomonda 60/40. Londonda kechadigan javob bahsi Diego Simeone shogirdlari uchun so'ngi imkoniyatlardan biri hisoblanadi. Agar keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqishni xohlashsa, "Chelsi" ustidan g'olib kelish talab etiladi. Hozir esa, biz sizlarga mazkur jamoalar haqidagi yangiliklar va ehtimoliy tarkiblar haqida ma'lumot beramiz.
"Chelsi"
Birinchi uchrashuvda "ko'klar" o'zlari uchun juda yaxshi imkoniyat yaratdilar, ushbu g'alabani bugungi bahsda ham munosib himoya qilish talab etiladi.
"Chelsi" boshqaruviga Tomas Tuxel kelgandan keyin, jamoaning o'yini haqiqatdan yaxshi tomonga o'zgardi. London jamoasi germaniyalik mutaxasis boshchiligida barcha musobaqalar doirasida 12 uchrashuv o'tkazgan bo'lsa, ularning hech birida maydondan ochkosiz tark etmagan. Qolaversa "Chelsi"ning barcha chiziqlaridagi o'yinlari nisbatan yaxshilandi.Taqqoslash uchun, Frenk Lempard qo'l ostidagi "arstokratlar" jamoasi deyarli barcha uchrashuvlarda o'z darvozasidan gol olib chiqishga majbur bo'lgan edi, bu esa jamoada himoya chizig'i biroz yomon o'ynagandan dalolat beradi. Tuxel jamoaga kelgandan so'ng, "Chelsi" bor-yo'g'i 2 marta gol o'tkazib yuborishdi. Bu kabi holatlar London jamoasining har bir chizig'ida bor deyish mumkin.
"Atletiko"ga qarshi uchrashuv oldidan "Chelsi"da bir qancha jiddiy yo'qotishlar mavjud. Xususan, Abraxam, Jorjino, Mason Maunt va Tiago Silva kabi o'yinchilar bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Abraxam va Silvada jarohat bilan bog'liq muammo bo'lsa, Maunt va Jorjino hisobidagi sariq kartochkalar soni oshib ketganligi sababli bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Masonning yo'qligi "Chelsi" uchun katta yo'qotish hisoblanadi. Sababi angliyalik futbolchi yosh bo'lishiga qaramay "aristokratlar" orasida o'zining etakchiligi bilan ajralib turadi.
Oddiy misol: Maunt ushbu mavsumda "Chelsi" safida barcha turnirlarda eng ko'p daqiqa o'ynagan futbolchisiga aylangan.
Tomas Tuxel, "Chelsi" bosh murabbiyi:
"Bugun bizni juda qiyin uchrashuv kutmoqda. "Atletiko"ga qarshi birinchi uchrashuvimiz ajoyib bo'lgandi. Bugun ham o'sha natijani takrorlashga harakat qilib ko'ramiz. Bu qanchalik qiyinligini bilamiz, chunki qarshimizda Ispaniyaning nomdor jamoalaridan bir turibdi, lekin biz keyingi bosqichga chiqishni xohlaymiz."
"Atletiko"
"Atletiko"da ikki haftalar oldin kichik inqiroz bo'lgandek bo'ldi. Sababi La Ligada ham bir nechta uchrashuvlarda ochko yo'qotishdi. "Chelsi"dan uchralgan mag'lubiyat ham, aynan shu paytga to'g'ri kelib qoldi. Lekin hozirda "matraschilar" yana avvalgi kabi o'yin namoyish etishmoqda. Yana shuni ham ta'kidlab o'tishimiz kerakki, Buxarestdagi o'yinda "Atletiko"ning birinchi navbatdagi ojiz tomoni, hujumdagi o'yinlari bo'ldi. Boya aytganimizdek "Chelsi" darvozasiga 6 marta zarba yo'llab, shulardan hech qaysi aniq manziliga etib bormagan. London jamoasidan uchralagan mag'lubiyatdan so'ng, 4 marta o'yin o'tkazdi va ikki g'alaba, ikki durang qayd etishdi. Oxirgi turdagi "Xetafe" bilan o'yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Bu esa "Atletiko"ning hujumda hali ham muammolari borligini ko'rsatadi.
Shu bilan birga, Simeone shogirdlarining himoyasida ham muammolar kuzatilmoqda. "Atletiko"ning barcha musobaqalar doirasidagi so'ng 10 uchrashuvini tahlil qiladigan bo'lsak, Madrid jamoasi 2 uchrashuvdagina o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olgan. Bu esa Tripper, Savich, Ximenes va Ermoso kabi himoyachilarga Simeonening gaplari ko'pdek tuyulmoqda.
Bu kabi muammolar allaqachon La Ligada "Barselona" va "Real" kabi jamolari bilan oradagi ochkolar kamayib ketishiga olib keldi. Buning ustidan bu xatolar "Atletiko"ning La Liga chempionligi haqidagi orzusini yo'qqa chiqarishi mumkin.
Diego Simeone, "Atletiko" murabbiyi:
"Bizning oldimizda faqat bitta maqsad bor. "Chelsi" ustidan g'alaba qozonish.G'olib bo'lish uchun o'yinni xohlagan joyimizda olib borishimiz kerak. Biz uchrashuvning taqdirini 10 -daqiqadan, 85 - daqiqagacha hal qilishimiz kerak. Maqsad - ularning o'yin uslubini, o'zlariga qarshi ishlatish. Ular bizga qanday o'yin taklif qilishi haqida bilmaymiz, ammo "Atletiko" uchrashuvdan nimani xohlayotganini bilaman. Biz g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz."
Ehtimoliy tarkiblar
"Chelsi" (3-4-2-1): Mendi, Aspilikueta, Ryudiger, Kristensen, Alonso, Kovachich, , Kante, Xodson-Odoi, Xaverts, Ziesh, Jiru.
Mayson Mount va Jorjino sariq kartochkalari tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishdi. Ularning o'rnini katta ehtimol bilan Hakim Ziesh va N'Golo Kante tushishi ehtimoli bor. Taxminlarga ko'ra, Tomas Tuxel Kay Xavertsni dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushirishi mumkin. Garchi, tarkibda kamchiliklar bo'lsada, Tuxel oldingi kabi 3-4-2-1 taktik ko'rinishida maydonga tushishi taxmin qilingan.
"Atletiko" (4-4-2): Oblak, Tripper, Savich, Ximenes, Lodi, Saul, Koke, Lorente, Ferreyra, Suares, Feliks.
"Atletiko" bugun ham 4-4-2 taktik sxemadan foydalanishi haqida taxmin qilingan. Diego Simeone jamoasi safida yo'qotishlar yo'q. Oldingi uchrashuvda ham argentinalik mutaxasisi xuddi shu sxemadan foydalangan edi, lekin maydon markazida harakat qilgan 4 yarim himoyachi ham, asosan himoyaga yordam berish bilan shug'ullangan va juda kam hujum uyushtirishgan. Ammo bugun tayanch yarim himoyada ikki kishi, ya'ni Saul va Koke harakat qilsa, hujumchi ortida Lorente va Ferreyra harakat qilishi aytib o'tilgan.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi
Manba: stadion.uz