2010 yilgi «ishkal». O'zbekiston Kubogi 1/4 final
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3334
Rossiyaning futbolga oid saytlarini o'qib o'tirib, bir tarixni o'qib qoldim. 2010 yili O'zbekiston Kubogida bo'lgan “ishkal” haqida keng yoritilgandi. Aslida, bu maqola O'zbekiston saytlari orqali yoritilib, rus saytlariga tarjima qilingan holda tarqatilgandi.
2010 yilgi mavsum Kubogida “Sho'rtan” “Paxtakor” ¼ finalda ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi. Ammo, Toshkentdagi o'tgan dastlabki uchrashuvda Marat Ismailov boshchiligidagi hakamlar brigadasining o'yin natijasiga ta'sir ko'rsatadigan qo'pol xatoliklari sababli, “Paxtakor” rahbariyati (Samvel Babayan) O'zPFLni siquvga olib, o'yinni qayta o'tkazmoqchi bo'lgan edi.
Ammo, o'sha paytdagi O'FF rahbarlari qaror qabul qilish uchun uzoq o'ylanishgan (aslida o'ylanib o'tirmasdan qabul qilinadigan qaror edi) va naijada Mirabror Usmonov vaziyatga real yondoshib, qarorni “Sho'rtan” jamoasi foydasiga chiqarib bergan edi.