Bugungi uchrashuvlar oldidan «AFC.com» o'zbek klublarining imkoniyatini qanday baholamoqda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2456
Bugun AFC rasmiy saytida OChL guruh bosqichi saralash uchrashuvlari uchun prevyu e'lon qilindi. xabaringiz bor bugun ikki klubimiz OChL da ishtirok etish uchun finalga teng uchrashuvlarda maydonga tushadi.
«An Nasr» (KSA) – «AGMK» (UZB)
«An Nasr»
Uchbu uchrashuv oldidan mezbonlarning kayfiyatlari a'lo darajada! Ular so'nggi turda azaliy raqiblari «Al Ahli» jamoasini mag'lubiyatga uchratdi va chempionatda 2-pog'onaga chiqib oldi.
«AGMK»
Ushbu klub katta maydonlarga chiqishga intilayotganlardan sanaladi. Ular 2018-yilda ko'pchilikni shok holatiga tushirib, O'zbekiston kubogi sohibi bo'lishdi va saralash uchrashuvlarida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi. Saralashning ilk bosqichida AFC kubogining ikki karra finalchisini 4 : 2 hisobida engib, haqli ravishda ushbu raundga etib kelishdi. Ilk uchrashuvdagi shiddatli o'yinlarini ko'rsatishsa, Saudiya Arabistonilik muxlislar ham shok holatiga tushib qolishi hech gap emas.
«An Nasr FC» (UAE) – “Paxtakor (UZB)
Seshanba kuni «An Nasr»ning uy stadioni hisoblangan «AL-Maktum» o'yingohiga Toshkentning «Paxtakor» klubi mehmonga boradi.
«An Nasr FC»
Mezbonlar o'tgan mavsumni 4-o'rinda yakunlagan bo'lishsada, hozirda turnir jadvalining o'rtalarida borishmoqda. So'nggi turda ular «Al Shardja» klubiga o'z uyida minimal hisobda engilishdi. Hozirda ularning o'yinida sezilarli pasayish kuzatilmoqda.
«Paxtakor»
Bu klub O'zbekistondagi eng nomdori hisoblanadi. 2016-yildan beri OChL da ishtirok etmayotganiga qaramasdan «sherlar» AFC kubogining 3 karra sohiblari ustidan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
«Paxtakor» safiga bu mavsum terma jamoa o'yinchilaridan bir nechtasi qo'shildi. Jamoa yangi mavsum oldidan : Marat Bikmaev, Egor Krimets, Odil Hamrobekov, Doston Hamdamov singari o'zbek futbolchilarni qo'shib oldi. Shota Arveladze boshchiligidagi klub o'z muxlislariga shonli o'tmishni ortga qaytarishga va'da berishgan.
Yahyo Ulug'xo'jayev tarjimasi