Rossiya klubi «Roma» futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9618
“Roma” yarimhimoyachisi Xaver Pastore “Zenit”ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Rossiya klubi 29 yoshli futbolchining nomzodini ko'rib chiqmoqda. Biroq, Pastore o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganiga qaramay, “Zenit”ga o'tish niyati yo'q.
Argentinalik futbolchi “Roma”da yozgacha qolmoqchi shundan so'ng, kelajagi haqida bir qarorga kelmoqchi. “Roma” o'tgan mavsum Pastoreni PSJdan 25 million evro evaziga sotib olgan edi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu futbolchi joriy mavsum “A” seriyada 10 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol mualiffiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!