So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Transfer oynasi. Superliga klublarida vaziyat qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150
Ayni damda transfer oynasi ochiq va u 12 martga qadar davom etadi. Klublar mavsum oldidan o'z tarkiblarini yangi futbolchilar bilan to'ldirib borishmoqda.
Klublar O'zPFLga kerakli hujjatlarni topshirib ulgurdimi? Musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Sardor Qudratullaevning taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, ba'zi klublar hujjatlarni rasmiylashtirish masalasida kechikmoqda.
“Aytish lozimki, bu yildan boshlab klublar MyLeague orqali elektron ro'yxatga olinmoqda. Hozirga qadar “Nasaf”, “Qizilqum”, “Bunyodkor”, “So'g'diyona” va "Andijon" klublari bilan bog'liq kichik muammolar mavjud. Ular mazkur muammolarni bartaraf etish uchun harakat qilishmoqda. Mazkur klublar o'zlari uchun belgilangan muddatlarga ulgurmagan bo'lsalar-da, biz ularga qo'ldan kelganicha yordam bermoqdamiz. Ammo 12 martdan keyin ularga O'zPFL yordam bera olmaydi. Umid qilamizki, klublar mavsum startiga qadar barcha kamchiliklarni bartaraf etib ulgurishadi”, — deb aytib o'tdi S.Qudratullaev.
Shuningdek, “Nasaf”, “So'g'diyona”, “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Surxon” kabi klublarda qarzdorliklar mavjud.
Ma'lumot uchun, shu yilning 5 fevral kuni O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita 7 ta futbol klubiga nisbatan legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun taqiq qo'ygandi. Ular orasidan “Nasaf”, “Bunyodkor” va “Qo'qon-1912” futbol klublari legionerlar bilan bog'liq muammoni hal etdi. “So'g'diyona”, “Surxon”, “Oqtepa” va “Buxoro” klublariga nisbatan taqiq esa o'z kuchida turibdi.
Manba: pfl.uz