So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Atalanta» - «Real» o'yinida chetlatish haqqoniy edimi? (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204
Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Atalanta» va «Real» jamoalari o'rtasidagi o'yinda bergamoliklar himoyachisi Remo Froyler bahsning 17-daqiqasida maydondan chetlatildi.
Shveytsariyalik futbolchi o'sha vaziyatda o'z jarima maydoni ostonasida "Qirollik klubi" himoyachisi Ferlan Mendini yiqitdi. Mazkur chetlatish borasida futbol mutaxassislari o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.
Anduxar Oliver (sobiq hakam)
"Nazarimda, hakam Mendi yaqqol gol urishi mumkin bo'lgan vaziyatda Froyler uni yiqitdi, deya hisobladi. Mening fikrimcha, ushbu qaror haddan oshib ketdi. "Real" futbolchisi to'pni to'laqonli nazorat qilmayotgan edi. Ushbu vaziyatda sariq kartochka adolatli bo'lardi".
Fabio Kapello ("Real" klubi sobiq bosh murabbiyi):
"Bunday qaror hafsalani pir qiladi. Froyler so'nggi himoyachi emasdi. Bundan tashqari, Mendi to'g'ri darvoza tomon emas, chetga qarab ketayotgandi. Sariq kartochka etarli bo'lardi. Ammo qizil kartochkani qabul qilish qiyin. Bunday qarorlar o'yinni o'ldiradi. Kecha "Latsio" uchun penalti berilmaganini inobatga olganda, menda turli fikrlar yuzaga kelmoqda".
Eduardo Iturralde Gonsales (sobiq hakam):
«Sariq va qizil kartochka orasida qoidabuzarlik. Sariq ham, qizil ham ko'rsatish mumkin edi. Mendi o'sha paytda darvozadan chetroq tomon yugurayotgandi. Ammo biz vaziyatni televizor orqali tomosha qilamiz. Hakam esa maydonda boshqa pozitsiyadan vaziyatni ko'rdi. Bu sariq va qizil oralig'idagi fol, VAR esa vaziyatga aralasha olmaydi. Maydondagi hakamga vaziyat "qizil"ga tortadigandek ko'rindi».