So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Chempionlar Ligasi tarixida o'rnatilgan rekordlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 536
O'tgan haftadan Evropa Chempionlar Ligasi musobaqasining pley-off bosqichi uchrashuvlari boshlandi. Kechadan beri, mazkur musobaqaning qolgan uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan, biz sizlarga EChL tarixida qolgan rekord ko'rsatkichlar haqida ma'lumot beramiz.
10. Musobaqa tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan Iker Kasilyas
2002 yilda «Real Madrid» Zinedin Zidanning mo''jizaviy goli evaziga finalda Liverkuzenning «Bayer» jamoasi ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritgan. O'sha uchrashuvda «qaymoqranglilar»ning darvozaboni Iker Kasilyas Chempionlar Ligasidagi uchinchi mavsumini o'tkazgan edi.
Keyinchalik, yana 17 yil davomida ushbu musobaqada qatnashgan mahoratli darvozabon 2020 g' yilda o'z faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Ispaniyalik futbolchi ushbu mavsumlar davomida, Chempionlar Ligasida 186 marta mavdonga tushdi va musobaqa tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.
9. Eng tezkor gol - Roy Makay
2007 yilda «Bavariya» va «Real» o'rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvi juda qizg'in bo'lishiga shubha yo'q edi, lekin uchrashuvda juda tezkorlik bilan hisob ochilishini hech kim kutmagan edi.
Uchrashuvning 10-soniyasida gollandiyalik Roy Makay - Hasan Salihamidchining pasini qabul qilib, hisobni ochishga erishdi. Bunday kuchli startdan so'ng Myunxun klubini to'tatib bo'lamay qoldi va haqili ravishda madridliklarni musobaqadan chiqarib yubordi. Yakuniy hisob 2:1, umumiy hisob esa 4:4.
8. Eng tezkor qizil kartochka - Aleksandr Kucher
Yana 1/8 final va yana «Bavariya». 2015 - yilda myunxenliklar «Shaxtyor Donetsk»ga qarshi maydonga tushishgan.
Albatta, bu uchrashuvda nemislar favorit bo'lgan. Lekin donetskliklar muxlislari o'z sevimlisidan yorqin o'yin kutishgan edi, ammo uchrashuv starti teskari tomonga o'zgarib ketgan. O'yinning 4-daqiqasida ukrainaliklar markaziy himoyachisi Aleksandr Kucher ochiqchasiga raqibiga qo'pollik ishlatdi, buning uchun unga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi va «Shaxtyor» muxlislarining umidlari puchga chiqdi.
Uchrashuv so'nggida esa tablodagi hisob myunxenliklar foydasiga 7:0 ko'rinishiga kelgan Kucherning qizil kartochkasi esa EChL tarixidagi eng tezkori sifatida tarixda qoldi.
7. «Yuventus»ning antirekordlari
Turin klubi birinchi navbatda Chempionlar Ligasi finalidagi omadsizligi bilan tanilgan, shuning uchun ham rekordlardan biri shu bilan bog'liqdir: «Yuventus» finalda 7 marta mag'lub bo'lgan jamoa hisoblanadi.
Ular Chempionlar Ligasi kubogini atigi 2 martagina yutishga muvaffaq bo'lishgan. Turinliklar oxirgi marta 1996 - yilda ushbu musobaqada g'olib bo'lishgan.
«Yuventus»ning ikkinchi antirekordi - bu qizil kartochkalarning rekord darajadagi soni. 2001 va 2006 - yillarda «keksa sinyora» a'zolari bir mavsumda 5ta olgan, hozirgacha hech qaysi jamoa futbolchilari bundan ko'p kartochka olishmagan.
6. Eng yoshi va eng yoshi katta futbolchilar
Chempionlar Ligasida o'ynagan eng keksa futbolchi bu «Latsio» darvozaboni Marko Balotta hisoblanadi. Ushbu futbolchi 2007 - yilda «Real» jamoasiga qo'shilgan va o'sha mavsum «qaymoqranglilar safida EChLda debyut qilgan.
Mazkur musobaqada maydonga tushgan eng yosh futbolchi esa, nigeriyalik himoyachi Selestin Babayaro hisoblanadi. U 1994 - yilda "Anderlex" jamoasi safida "Styaua" klubiga qarshi maydonga tushgan. Selestin o'sha paytda atigi 16 yosh va 87 kunlik edi, ya'ni o'sha paytda u hali maktabni ham tugatmagan bo'lgan. Ammo uning debyuti omadli kechmagan, chunki 37 - daqiqada u maydondan chetlatilgan.
Eng keksa gol muallifi "Rim imperatori" Franchesko Totti bo'lib, u o'zining "Roma" jamoasi safida 38 yosh-u 59 kunligida gol urgan. Bu gol 2014 - yilda Moskvaning TsSKA klubi bilan o'yinda sodir bo'lgan, u Igor Akinfeevni hamda barcha rus muxlislarini jarima zarbasidan kiritgan goli bilan xafa qilgan.
5. EChL tarixidagi eng yirik hisob
Agar, guruh va pley-off bosqichidagi yirik hisoblar haqida to'xtalsak, eng daxshatli hisob 8:0 bo'lganini ko'rsatadi. 2007/08 yilgi mavsumda «Liverpul» futbolchilari «Beshiktosh» jamoasini xuddi shu hisobda mag'lubiyatga uchratgan. Keyinchalik esa Madridning «Real» jamoasi ushbu hisobni takrorlashga erishgan. Ular o'z maydonida Shvetsiyaning «Malmo» jamosini mag'lubiyatga uchratgan.
Saralash bosqichlaridagi eng yirik hisobni ham aytadigan bo'lsak, bu rekord Xelsinki shahrining HJK jamoasiga tegishli bo'ladi. Ular 2011 - yilda Uelsning «Bangor Siti» jamoasi ustidan 10:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan.
4. Krishtianu Ronaldu
Bu rekordchi futbolchi, boshqacha aytolmaysiz ham. Garchi, u ichki chempionatlarda har doim muvaffaqiyatli qatnashmasa ham, Chempionlar Ligasida unga teng keladigan futbolchi yo'q. Lionel Messi qanchalik buyuk futbolchi bo'lishidan qat'iy nazar, lekin ushbu turnirda u Ronaldudan ancha yiroqda.
2013/14 - yilgi mavsumda u bitta mavsumda 17ta gol urib EChLda rekord qayd etdi. Shuningdek, mazkur musobaqada eng ko'p gol kiritgan futbolchi ham hisoblanadi. Uning hisobida 131ta gol mavjud. Eng yaqin ta'qibchisi Lionel Messida esa bu ko'rsatkich 118taga teng.
Taqqoslash uchun: ushbu juftliklardan keyingi 3-o'rinda afsonaviy Raul joy olgan. Ispaniyalik sobiq futbolchi hisobida 71ta gol bor.
3. 3 xil jamoa bilan Chempionlar Ligasi oltin medalini yutgan futbolchi.
O'yinchi sifatida faqat Klarens Zeedorf buni uddalagan, u avval 1995 - yilda «Ayaks» bilan chempion bo'ldi, keyin 1998 - yilda «Real»da muvaffaqiyat qozondi, va nihoyat, 2003 va 2007 - yillarda «Milan» tarkibida ushbu musobaqa oltin medaliga ega chiqqan.
Endi bu rekordni faqatgina Ronaldu takrorlashi mumkin, chunki u «Manchester Yunayted» va «Real Madrid» bilan ushbu musobaqa oltin medaliga erishgan. Ayni paytda portugaliyalik futbolchi Turinning «Yuventus» jamoasi tarkibida EChLda qatnashmoqda.
2. Bir uchrashuvda 5ta gol
Buni birinchi bo'lib, 2012 - yilda Lionel Messi amalga oshirgan, o'shanda «Barselona» Leverkuzenning «Bayer» jamoasini qabul qilgan edi. Argentinalikning penta-trikisi bilan yakunlangan o'yinda, kataloniyaliklar 7:1 hisobida g'alabaga erishishgan.
Agar bu rekord keyinchalik takrorlangan desak, ehtimol hamma Krishtianu Ronaldu deb o'ylaydi, ammo unday emas. «Shaxtyor» hujumchisi Luis Adriano BATEga qarshi kechgan o'yinda 5ta gol urishga erishgan, jamoasi esa 7:0 hisobida g'alaba qozongan.
1. Bir mavsumda, bir jamoa rekord darajadagi gollar kiritishi
1999/00 - yilgi Chempionlar Ligasida «Barselona» futbolchilari ushbu musobaqa doirasida 45ta gol urgan, lekin haligacha ushbu rekord takrorlanmagan. Faqatgina, «Liverpul» va «Real Madrid» jamoalari biroz yaqinlashishga erishgan edi. Mazkur jamoalar bir mavsumda 41tadan gol urishgan.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi
Manba: stadion.uz