So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Quvondiq Ro'ziev: “Muxlislarimiz bor ekan, hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionning zaxira maydonida “Navbahor” jamoasi navbatdagi mashg'ulotlarga kirishdi. Futbolchilarimiz ko'tarinki kayfiyatda shug'ullanishdi. Ushbu mashg'ulotlardan so'ng “Navbahor” safiga yangi qo'shilgan mahoratli yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
‑ Avvalambor, namanganlik ashaddiy muxlislarga salom! Turkiyadagi yig'inimiz ajoyib tarzda o'tdi. Klub rahbarlariga katta rahmat, barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Mashg'ulotlarni o'zimiz o'ylagan reja asosida tashkil etdik.
Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlari haqida gapiradigan bo'lsam, albatta, bunday o'yinlarda natija muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiy maqsadimiz, jamoaviy o'yinni shakllantirish edi, bir qator yoshlarga imkoniyat berildi. Xorij yig'inida yaxshi saviyadagi jamoalarga qarshi o'ynadik va o'zimizning nimalar ustida ishlashimiz kerakligi, kamchiliklarimizni aniqlab oldik.
Jamoaga ancha moslashdim, yigitlar bilan chiqishib ketdik. Bu borada Turkiyadagi yig'in menga juda asqotdi, chunki barchamiz bir joyda yashab, bir joyda ovqatlandik. Shu narsa yordam berib, futbolchilar bilan aka‑ukadek bo'lib qoldik.
No''mon Hasanov bilan, adashmasam, qariyb ikki yarim yil birga ishlaganmiz. Baxtiyor Ashurmatov bilan No''mon Hasanovning mashg'ulotlaridagi farqqa to'xtaladigan bo'lsam, Baxtiyor aka asosan jangovarlikka urg'u beradi. No''mon aka esa futbolchining mahoratidan kelib chiqib, jamoaviy o'yinni shakllantirishga intiladi.
Har ikki mutaxassisning o'ziga yarasha ustun jihatlari bor, mashg'ulotlari qiziqarli o'tadi.
Yangi mavsum taqvimi biz uchun juda qiyin keldi, desam bo'ladi. Ketma‑ket bir nechta o'yinlarni nomdor jamoalarga qarshi o'tkazamiz. Lekin hech qaysi raqibdan qo'rqayotganimiz yo'q, chunki bizning 12‑o'yinchimiz – muxlislarimiz bor, buni hamma biladi. Namanganlik ishqibozlar bizni qo'llab‑quvvatlab turishsa, bu raqiblarni bemalol enga olamiz. Xudo xohlasa, ushbu bosqichdan eson‑omon o'tib olamiz.
Jamoamiz muxlislariga oilaviy xotirjamlik tilayman, o'yinlarga kelib, stadionlarni to'ldirib turishsa, biz ham shunga yarasha ularning yuzlarini yorug' qilamiz.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.