«Lester»ning asosiy tarkib himoyachisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1460
«Lester»ning asosiy tarkib himoyachisi Jeyms Jastin uzoq vaqtga safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
22 yoshli futbolchi Angliya kubogi doirasida bo'lib o'tgan "Brayton"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat oldi. Ushbu jarohat tufayli u mavsum oxiriga qadar maydonga qayta olmaydi.
Jastin joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!