Solari Isko borasida yakuniy qarorini rahbariyatga ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5997
“Real” yarimhimoyachisi Isko yozda jamoasini o'zgartiradi.
Qirollik klubi bosh murabbiyi Santyago Solari rahbariyatga 26 yoshli futbolchi uning rejalaridan chetda qolgani haqida ma'lum qildi va ispaniyalik futbolchini yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishni taklif qildi.
Hozirda, Iskoning xizmatiga bir qator grand klublar xususan “Manchester Siti” va “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, ispaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 25 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 2 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!