«Navbahor» Antaliyadagi so'nggi nazorat o'yinida durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4313
O'z o'quv - mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig'in doirasidagi so'nggi nazorat – sinov bahsini 16 fevral kuni Polsha Pro-ligasi vakili “Stal” (Melets) jamoasiga qarshi o'tkazib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ta'kidlash joizki, mazkur o'rtoqlik uchrashuvida polshaliklar 1:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketishgandi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushirilgan Bahodir Nasimov “Stal” darvozasini aniq nishonga olib, muvozanatni tikladi va yakuniy hisobning 1:1 ko'rinish olishini ta'minladi.
Mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, G'iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, Shahzod Shaymanov, Azim Ahmedov, Jasur Azimov, Zafar To'raev, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bahodir Nasimov, Abdujamol Isroilov, Mirzohid G'ofurov.
Namanganliklar Turkiyadagi yig'inni bugun o'z yakuniga etkazib, yurtimizga qaytishadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.