Taekvondochilarimiz Turkiyadagi musobaqalarda umumiy hisobda 12 ta medalga sazovor bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2637
Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WTF bo'yicha «Turkish Open» reyting turniri nihoyasiga etdi. Musobaqa sportchilarimiz uchun har qachongidanda omadliroq keldi. Turnir yakunlariga ko'ra, hamyurtlarimiz umumiy hisobda 10 ta medalni qo'lga kiritishdi.
Musobaqada sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
Oltin medal:
-74 kg: Nikita Rafalovich
-87 kg: Davron Azimov
-49 kg: Madina Mannopova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
-48 kg: Amirbek To'raev – (o'smirlar o'rtasida)
Kumush medal:
-54 kg: Bahrom Abdullaev
Bronza medali:
-54 kg: Valentin Xegay
-57 kg: Zariya Kasimova
-80 kg: Shuhrat Salaev.
Avvalroq, taekvondochilarimiz Nikita Rafalovich (kumush) va Valentin Xegay (bronza) Antaliyadagi «President’s Cup European region» reyting turnirida shohsupaga ko'tarilgandilar. Demak, sportchilarimiz ortda qolgan ikki turnir yakuniga ko'ra 12 ta medal bilan yurtimizga qaytadigan bo'lishdi.