Jiru «Chelsi»da qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1477
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Olive Jiru o'z kelajagi bo'yicha muhim qaror qabul qildi.
The Metro xabariga ko'ra, 32 yoshli frantsiyalik juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa-da, faoliyatini "Chelsi"da davom ettirib, "arristokratlar" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o'tamiz, Jiru va "Chelsi" o'rtasida imzolangan shartnoma 2019 yil yozigacha mo'ljallangan. Biroq, uni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham bor.
Ma'lumot uchun, Jiru "Chelsi" tarkibida 2018 yil yanvar oyidan beri o'ynamoqda. U jami 47ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 8ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!