«MYu» futbolchisida saraton kasali aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10326
«Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi himoyachisi, 19 yoshli futbolchi Maks Teylor onkologik kasallikni engib o'tishga muvaffaq bo'ldi. U kimyoterapiya kursini muvaffaqiyatli o'tadi va hozirda tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
«Menga yordam berayotgan klubga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kasallikni engib o'tishimda oila a'zolarim — onam, o'gay otam Mettyu, akam Jorj, sevgilim Lidiya va boshqalar tomonidan berilgan yordamni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Ularning qo'llab-quvvatlashi qimmatli bo'ldi», – dedi Teylor.
Maks Teylor avval Dann familiyasi ostida o'ynagan. U ikki mavsum davomida "MYu" yoshlar jamoasi safida 27ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!