"Fiorentina" futbolchisi faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Italiyaning «Fiorentina» himoyachisi Pol Lirola faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi.
Frantsiya matbuotining yozishiga qaraganda, ispaniyalik futbolchiga «Marsel» qiziqish bildirmoqda.
«Fiorentina» va «Marsel» klublari bugun ushbu transferning yakuniy bosqichini o'tkazishadi va ushbu bitim 11,5 million evroni tashkil qiladi. Keyingi hafta Lirola «Marsel» uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
23 yoshli futbolchi «Fiorentina»ning barcha musobaqalaridagi o'yinlarida ishtirok etdi va bitta golli uzatni amalga oshirdi. Lirolaning «fialkalar» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202