«Shalke» Bundesligadagi 30ta o'yindan iborat g'alabasiz seriyaga chek qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

«Shalke» klubi Germaniya chempionatining 15-turi doirasida «Xoffenxaym»ni qabul qilib, yirik hisobda (4:0) g'alaba qozondi.
Uchrashuvda Mettyu Xopp "xet-trik"ni rasmiylashtirgan bo'lsa, Xarit bitta gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, gelzenkirxenliklar Bundesligada 30ta o'yinga cho'zilgan g'alabasiz seriyaga chek qo'yishdi. Jamoa so'nggi marta 2020 yilning 17 yanvar kuni g'alaba qozongan edi ("Borussiya M" ustidan — 2:0).
«Shalke» bugungi g'alaba tufayli o'z ochkolarini 7taga etkazgan holda so'nggi pog'onani tark etib, 17-o'ringa ko'tarildi.
Germaniya chempionati, 15-tur
Shalke – Xoffenxaym 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 42 Xopp, 2:0 – 57 Xopp, 3:0 – 63 Xopp, 4:0 – 79 Xarit.
Shalke – Fermann, Bekker, Nastasich, Kabak, Kolashinats, Shopf (Raman, 68), Stambuli, Xarit (Kutuju, 88), Serdar, Ut (Ochipka, 73), Xopp (Tiav, 88).
Xoffenxaym – Baumann, Fogt, Posh, Bogarde, Gachinovich, Yon, Samasseku (Adams, 61), Baumgartner, Belfodil (Adamyan, 61), Kramarich, Bebu.
Ogohlantirishlar: Bogarde (13), Kabak (23), Kramarich (43), Gachinovich (50), Baumgartner (52), Ut (71).

Bosh sahifaga
205