«Chelsi»ni boshqarishga da'vogar 5 murabbiy nomi aytildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

«Chelsi» klubining hozirgi bosh murabbiyi Frenk Lempard iste'foga chiqarilsa, uning o'rnini qaysi mutaxassis egallashi mumkinligi haqida "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Tomas Tuxel ("PSJ" sobiq bosh murabbiyi), Ralf Rangnik ("Leyptsig" sobiq bosh murabbiyi), Massimiliano Allegri ("Yuventus" sobiq ustozi), Yulian Nagelsmann («RB Leyptsig») va Ralf Xazenxyuttl («Sautgempton») londonliklar rahbariyati tomonidan tuzilgan ro'yxatga kirishdi.
Shu bilan birgalikda, Xazenxyuttl va Nagelsmanni mavsum o'rtasida «Chelsi»ga taklif etishning imkoni yo'q. Ular o'z jamoasini tark etishmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193