La liga. En-Nesiriyning 3ta goli «Sevilya»ga g'alaba keltirdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Ispaniya chempionati jadvalida yuqori o'rinlarni egallab turgan «Sevilya» va «Real Sosedad» klublari «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida to'qnash kelishdi.
Uchrashuv juda qizg'in boshlandi. Bahsning 14-daqiqasiga kelib darvozalarga 4ta to'p kiritildi — 2:2.
Yusuf en-Nesiriy o'yin boshida ikkita gol muallifiga aylangan bo'lsa, ikkinchi taym boshida marokashlik futbolchi "Sevilya"ning uchinchi golini "Sosedad" darvozasiga joyladi.
Ushbu g'alaba tufayli andalusiyaliklar o'z ochkolarini 30taga etkazib, "Real Sosedad" bilan tenglashib olishdi.
Ispaniya chempionati, 18-tur
Sevilya – Real Sosedad 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 En-Nesiri, 1:1 – 5, avtogol Diego Karlos, 2:1 – 7 En-Nesiri, 2:2 – 14 Isak, 3:2 – 46 En-Nesiri.
Sevilya – Bunu, Kunde, Navas (Aleish Vidal, 70), Diego Karlos, Akunya, Fernando, Rakitich (Oskar Rodriges, 85), Okampos (Vaskes, 89), Jordan, Suso (Munir, 84), En-Nesiri (de Yong, 89).
Real Sosedad – Remiro, Munos, Gorosabel, Sanyan (Le Norman, 46), Subeldiya, Merino, Guridi (Barrenechea, 56), Portu (Yanuzay, 78), Subimendi, Oyarsabal (Lopes, 78), Isak.
Ogohlantirishlar: Munos (34), Sanyan (39), Guridi (43).

Bosh sahifaga
193