Angliya kubogi. «Everton» qo'shimcha bo'limlarda g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

Angliya kubogining uchinchi bosqichi doirasida "Everton" o'z maydonida "Roterxem"ni qabul qilib, qiyin g'alaba qo'lga kiritdi.
Mersisaydliklar bahs boshida Tosunning goli evaziga hisobni ochishgan bo'lsa, mehmonlar ikkinchi bo'limda muvozanatni tiklashdi.
Qo'shimcha bo'limlar boshlangan paytda esa Dukure "Everton"ga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa, Anchelotti jamoasi keyingi bosqichga yo'l oldi.
Angliya kubogi, 3-bosqich
Everton – Roterxem 2:1 (1:0, 0:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 9 Tosun, 1:1 – 56 Olosunde, 2:1 – 93 Dukure.
Everton – Olsen, Din (Mina, 66), Godfri, Kin, Koulmen, Andre Gomesh, Xames (Nkunku, 95), Ivobi (Dukure, 61), Devis (Sigurdsson, 66), Gordon (Bernard, 61), Tosun.
Roterxem – Blekmen, Xarding (Klark, 83), Makdonald, Ixekve, Olosunde (Djons, 90), Barleyzer, Uaylz, Kruks (Vassell, 67), Lindsi (Yozefzon, 76), Vud, Smit (Xerst, 77).
Ogohlantirishlar: Xerst (106).

Bosh sahifaga
200