La liganing yana bir uchrashuvi bekor qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Valyadolid" va "Valensiya" klublari o'rtasidagi o'yin bekor qilinishi mumkin.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, Ispaniyadagi Filomena bo'roni kuchli qor yog'ishiga olib keldi. Natijada "Valyadolid" bugun mashg'ulotda ishtirok eta olmadi.
Bundan tashqari, "Valensiya" ayni paytda o'yin bo'ladigan joygacha etib kela olmayapti. "Ko'rshapalaklar" uchishi kerak bo'lgan Villanubla aeroporti esa kamida ertagacha yopiq bo'ladi. Shuning uchun La liga "Valyadolid" - "Valensiya" bahsini ko'chirishni muhokama qilmoqda. Mazkur uchrashuv 10 yanvar, yakshanba kuni bo'lib o'tishi kerak edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202