Levandovski — Bundesliganing bitta klubida urgan gollari soni bo'yicha kuchli uchlikka kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 311

«Bavariya» klubi Bundesliganing 15-turi doirasida Menxengladbaxda «Borussiya» klubi mehmoni bo'lib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski kechagi bahsning 20-daqiqasida penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgandi.
Polshalik futbolchi uchun mazkur gol «Bavariya» safida Bundesliga doirasidagi 182-gol bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Ulf Kirsten («Bayer») va Klaus Fisher («Shalke»)ga tenglashib oldi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Yupp Xaynkes («Borussiya Menxengladbax», 195) va Gerd Myuller («Bavariya», 365) etakchi bo'lib turishibdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195