EChL. Bugungi o'yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10253
UEFA aviahalokatga dunyodan ko'z yumgan “Kardiff” hujumchisi Emiliano Salaning xotirasini yanada abadiylashtirish uchun ushbu haftada bo'lib o'tadigan barcha o'yinlar oldidan bir daqiqalik sukut saqlashga qaror qildi. Bu haqda UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin ma'lum qildi.
“UEFA nomidan Salaning oila a'zolariga va yaqin do'stlariga chuqur tarziya ishor etaman. Uning hayoti shunday tarzda yakun topgani ayanchli holat.
Evropadagi barcha muxlislardan uni esga olib o'yin oldidan bir daqiqalik sukut saqlashlarini so'rab qolaman”, - deydi Cheferin.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi o'tirgan samolyot 21 yanvar kuni radarlardan g'oyib bo'lgan edi.
Shundan so'ng, Salaning tanasini 7 fevral kuni topildi. O'rganib chiqilgandan so'ng, futbolchi boshidan olgan jarohat tufayli foniy dunyoni tark etgan.