Dibala va Allegrining munosabatlari yomonlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1851
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning intizomsizligidan norozi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, italiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Parma”ga (3:3) qarshi o'yinda futbolchi zaxira o'rindig'ini erta tark etib, kiyinish xonasiga kirib ketgani murabbiyni darg'azab qilgan.
Ertasi kuni o'tkazilgan mashg'ulotda Allegri futbolchilar oldida Dibalaga tanbeh berib, uni uyaltirgan. Futbolchi barchadan uzr so'ragan bo'lsa-da, uning murabbiy bilan munosabatlari yomonlashgan.
Eslatib o'tamiz, Dibala joriy mavsum 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!