Keyn APLda O'zilning natijasini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174
Londonning «Tottenxem» hujumchisi Garri Keyn «Arsenal» klubiga qarshi o'yinda kiritilgan birinchi golga assistentlik qildi va germaniyalik Mesut O'zilning ko'rsatkichini takrorladi.
Bu angliyalik futbolchining joriy mavsumdagi 10-assistentligi hisoblanadi. Keyn hozircha ortda qolgan 11 turdan so'ng, assistentlik borasida peshqadamlikni o'z qo'liga olgan.
Avvallari ushbu natijani «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O'zil 2015/16 yilgi mavsumda qayd etgandi.
"Biz kim nechta gol kiritdi va qancha golga assistentlik qilganini hisoblamayman. Biz shunchaki gol kiritishga va jamoamizga foyda olib kelishga harakat qilamiz», — dedi Keyn.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!