«Barselona» futbolchisi bir oyga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7141
"Barselona" klubi Ispaniya La ligasining 23-turi doirasida bo'ladigan "Atletik"ga qarshi o'yinda tarkib bilan bog'liq muammolarga duch keladi.
Klub yarim himoyachisi Artur Melo mashg'ulot chog'ida jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi EChL nimchorak final bosqichi doirasida "Lion" va "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob o'yinida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Shuningdek, bilbaoliklarga qarshi o'yinda "ko'k-anorranglilar" etakchisi Lionel Messi ham maydonga tusha olmaydi. Murabbiylar shtabi argentinalik futbolchini keyingi o'yinlar uchun ehtiyot qilishni afzal bilishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!