So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«PSJ»ga qiyin bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6665
Hademay Evropa chempionlar ligasining pley-off bosqichi bahslari boshlanadi. Qur'a bizga ajoyib o'yinlarni taqdim etdi. Bugun «PSJ» va «Manchester Yunayted» to'qnashuvi haqida to'xtalib o'tamiz.
«PSJ»ning raqibi — avvalgi «Manchester Yunayted» emas!
Qur'a natijalari e'lon qilingach, «PSJ» muxlislari biroz engil tortishgan bo'lsa, ajab emas. Sababi, raqib ancha zaif va ichki nizolar qurshovida qolgan jamoa edi. Biroq, «benazir»ning ketishi «qizil iblislar» uchun ajoyib echim bo'lishini ko'pchilik kutmagandi. Tomas Tuxel shogirdlari bir qarashda play-offdagi raqiblarini ko'rdim demay o'tib ketadigandek tuyulayotgan edi. Ammo, endi vaziyat tubdan o'zgarib ketdi. Sulsherning kelishi Pogba, Reshford, Marsial, Lingard singari futbolchilarning «kishanlarini echib yubordi». Oqibatda, «avtobus» bir yumalab jangga shay «transformer»ga aylandi-qo'ydi.
«PSJ» yulduzlari g'alaba kaliti bo'la oladimi?
Ko'pchilik mutaxassislar Neymar, Mbappe singari klub etakchilarining APL darjasidan ancha yiroqda bo'lgan chempionatda to'p surishlari ularning mahoratlarini biroz o'tmas qilib qo'yishidan xavotirda ekanliklarini bot-bot e'lon qilishmoqda. Darhaqiqat, «PSJ» mana bir necha yildan beri Frantsiyada aytarli qarshilikka duch kelmayapti. Jardim boshchiligidagi «Monako» bu an'anaga chek qo'yishning uddasidan chiqqan edi, ammo… Uning «Monako»sini Evropaning grandlari ko'tara narxda talan-taroj qilib yuborishdi. Oqibatda, «PSJ»ga raqobatchi bo'lib turgan jamoa autsayderga aylanib qoldi. Boz ustiga, Neymar jarohat tufayli "MYu"ga qarshi kechadigan har ikkala bahsni o'tkazib yuboradi.
«Manchester Yunayted»da esa vaziyat boshqacharoq. Ular APLda 20-o'rindagi jamoadan 3 ochko olish uchun jang qilishlariga to'g'ri keladi. Bu esa futbolchining mahoratini charxlanib borishini ta'minlaydi.
G'alaba uchun kimda imkoniyat ko'proq?
«Qizil iblislar»dagi progressga qaramasdan, «PSJ»da g'oliblik uchun nazariy jihatdan imkon biro-o-o-zgina ko'proqdek ko'rinmoqda. Ular hal qiluvchi ikkinchi uchrashuvni o'z uylarida o'tkazishadi. Bu esa ilk uchrashuvdagi har qanday natijadan to'g'ri xulosa chiqarib, hal qiluvchi o'yin oldidan revansh olishga imkon yaratishi mumkin. Agar «qizil iblislar» o'z o'yinlarini namoyish eta olishsa, «PSJ»ga bu faktor ham yordam bera olmay qoladi. Umuman olganda, ikki klubda ham g'alaba qozonish uchun imkoniyat mavjud. Bu uchrashuv taqdirida murabbiylar tomonidan tanlangan taktika va o'yin strategiyasi katta rol o'ynashi aniq…
Bu uchrashuv Sulsher uchun futbol karerasidagi eng muhim imtihonlardan biri bo'lishi aniq. Uning klubda qolish-qolmasligi ko'p jihatdan «Manchester Yunayted»ning EChLdagi ishtirokiga bog'liq...
EChL pley-off bahslarida bizni biri-biridan qiziq o'yinlar kutib turibdi, lekin aynan shu uchrashuv futbol muxlislarini qiynayotgan bir nechta savollarga javob bersa, ajab emas. Sulsherning jangchilari keyingi bosqichga chiqadimi, yo «PSJ»ning superyulduzlari o'yin taqdirini hal qilishadimi, buni o'yin ko'rsatadi. Bu uchrashuv nimchorak finaldagi eng shiddatli match bo'lishi aniq. Bunday spektaklni o'tkazib yubormang.
Qaysi jamoada imkoniyat ko'proq degan savolga Joze Mourino aytganidek:
«O'yin hali boshlanmadi, g'alaba uchun imkoniyat — ikki jamoada ham 50/50», — deya javob bersak adolatdan bo'ladi.