Mourino: "Maradona og'ir kunlarimda yonimda dalda bo'lardi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389
Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Diego Maradonaning vafoti haqida munosabat bildirdi.
«Maradona haqida gapirishim shart emas, chunki uni butun dunyo biladi va uni hech kim unutmaydi. Diego – boshqacha. Uning do'stim bo'lganlar buyuk imtiyozga ega bo'lgan. Shuni aytishim mumkinki, u mening ajoyib do'stim edi, u bilan telefonda gaplashib turardik va albatta, bir necha marotaba uchrashganmiz.
Uning yuragi katta edi. Men uni sog'inaman. Biz uni sog'insak, uning o'yinlarini Google orqali topsak bo'ladi. Lekin biz u erdan Diegoni topa olmaymiz.
Bugungi kunimni yigitlar bilan u haqida va u bilan birga o'tkazgan vaqtimiz haqida suhbatlashishga sarfladim. G'alaba qozonganimizda emas, mag'lubiyatga uchraganimizda uning qo'ng'iroq qilishlarini sog'inaman.
G'alaba qozonganimizdan keyin menga qo'ng'iroq qilish shart emasligini u bilardi, qiyin paytlarda esa doim yonimda bo'ldi va har doim mag'lubiyatdan keyin: «Joze, sen zo'rligingni unutma»-derdi. Uning mana shunday daldalari bor edi. Men Diegoni sog'inaman», — Mourinoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.