"Yuventus" "MYu" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373
Turinning «Yuventus» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Donni van de Bekka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Turinliklar niderlandiyalik futbolchini qishki transfer bozorida ijaraga olish variantini ko'rib chiqishmoqda. Ehtimol, «MYu» va «Yuventus» o'zaro futbolchi ham almashtirishlari mumkin.
Avvalroq, «MYu» Sami Xedira bilan shartnoma imzolashga tayyor ekanligini bildirgandi.
Van de Bek «MYu»ga shu yilning sentyabr oyida 39 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!