«Jenoa» nimaga Shomurodov uchun buncha ko'p pul to'laganini endi tushundim!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3554
Italiya kubogining 4-bosqichi doirasida "Jenoa" safarda "Sampdoriya" klubi mehmoni bo'lib, irodali g'alabaga erishdi.
"Jenoa" klubining Braziliya aholisi uchun mo'ljallangan Tvitterdagi norasmiy sahifasi bugungi o'yindan matnli onlayn translyatsiya olib bordi va sharh davomida Shomurodovning harakatlariga yuqori baho berdi.
"Shomurodov bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa, birinchi golda uning hissasi katta bo'ldi. "Jenoa" nimaga o'zbekistonlik futbolchi uchun buncha ko'p pul sarflaganini bugungi o'yin orqali tushundim", — deya izoh yozdi matnli translyatsiyani olib borgan jurnalist.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!