Dzyudochilarimiz Germaniyadagi «Katta Dubulg'a» turniriga tayyorgarlik ko'rishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1586
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan “Xumson” sihatgohida yig'in boshlashdi.
Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'inida asosiy tarkib dzyudochilari bilan birga terma jamoaga nomzod iste'dodli yoshlar ham ishtirok etishyapti. Mazkur yig'in Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tkaziladigan «Katta Dubulg'a» turkumidagi turnirga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Farhod To'raev boshchiligidagi mashg'ulotlarda Diyorbek O'rozboev, Shahram Ahadov, G'iyosjon Boboev, Sherali Jo'raev, Bekmurod Oltiboev, Gulnoza Matniyazova, Amina Mamedova kabi terma jamoamizning etakchi dzyudochilari bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!