«Nasaf» navbatdagi bosqich tayyorgarligini bugundan boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3436
Yangi mavsum tayyorgarligining uchinchi bosqichini ham “Nasaf” Qarshida davom ettiradigan bo'ldi. Navbatdagi bosqich tayyorgarligi bugundan boshlanadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Bu bosqichda mamlakatimiz olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan “Nasaf” futbolchilari ishtirok etishmaydi.
Futbolchilar 4 yanvar kuni Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tishdi va qisqa muddatli dam olishdi.
Joriy bosqich tayyorgarlik mashg'ulotlari ham Sputnikdagi yoshlar qarorgohi maydonida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!