Evrokuboklarda safardagi gol qoidasi bekor qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15338
UEFA evrokuboklarning pley-off o'yinlarida qo'llanadigan safardagi gol qoidasini bekor qilishi mumkin.
Kicker xabariga ko'ra, UEFA ijroqo'mi Rimda o'tkaziladigan anjumanda bu masalani ko'rib chiqadi va qoidani bekor qilishni tavsiya etadi.
Avvalroq, Angliyada safardagi gol qoidasi bekor qilingan edi. Xususan, Angliya Ligasi Kubogi yarimfinalidan o'rin olgan «Chelsi» - «Tottenhem» o'yini 2:1 hisobida yakunlanganidan so'ng, dastlabki o'yinda 0:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa-da, penaltilar seriyasi belgilanib, unda «Chelsi» g'alaba qozongan edi. Agar safardagi gol qoidasi amal qilganida, «Tottenhem» keyingi bosqichga chiqqan bo'lardi.
Biroz oldinroq, futbol qoidalari bilan shug'ullanuvchi Xalqaro futbol assotsiatsiyalar kengashi (IFAB) barcha federatsiyalarga safardagi gol qoidasini bekor qilish va qo'shimcha vaqtlardan voz kechish huquqini bergan edi.