Ronaldu Xames Rodrigesga qo'ng'iroq qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3936
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining sobiq jamoadoshi, hozirda “Bavariya”da ijara asosida to'p suratgan Xames Rodrigesni o'z jamoasiga chorlamoqchi.
Manbaning ma'lumotiga qaraganda, Ronaldu Rodrigesga qo'ng'iroq qilib Italiya klubiga ko'chib o'tishni so'ragan. Xamesning bu taklifga qanday javob qaytargani noma'lum.
Myunxenliklar kolumbiyalik futbolchini “Real”dan 42 mln evro evaziga sotib olish huquqi bor. Ammo “Bavariya” futbolchining xizmatiga muhtoj emas.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Rodriges “Bavariya” safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi va ikkita golga pas berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!