«Navbahor» Turkiyaga uchadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6078
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Antaliya shahrida olib boradi.
Namanganliklar Antaliyada 6-17 fevral kunlari bo'lib, 3 ta nazorat-sinov bahslari o'tkazishni rejalashtirishgan. Mazkur o'rtoqlik bahslarida “lochinlar”ga Turkiyada yig'in olib borayotgan Ukraina, Shveytsariya hamda Turkiya jamoalari sparring-raqib bo'lishadi.
Shuningdek, ushbu yig'in davomida “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis bir qator yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni ham rejalashtirgan.
“Navbahor” Turkiyaga ertaga ertalab parvoz qilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!