O'zbekiston OTJ trenajyor zalida mashg'ulot olib borishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17789
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari kechadan Toshkentda yig'inga kirishgani haqida xabar berib o'tgandik. Bugun erta tongda murabbiylar shtabi futbolchilar bilan trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazishdi. Serbiyalik mutaxassis Lyubinko Drulovich birinchi navbatda futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e'tibor qaratmoqda. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi a'zolari Ispaniyaga yo'l olib, o'sha erda yig'inni davom ettirishadi. Ispaniyadagi yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!