«Bavariya» etakschisi diskvalifikiya tufayli «Liverpul»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13577
“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller diskvalifikatsiyasi hali ham o'z kuchini yo'qotmagan.
UEFA futbolchining ishi bo'yicha jo'natilgan apellyatsiyani ko'rib chiqmaydigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, germaniyalik futbolchi chempionlar ligasi doirasida “Ayaks”ga qarshi o'yinda Nikolas Talyafikoga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun qizil kartochka olgan edi va ikkita o'yinga diskvalifiyasi qilingan edi.
Shu tariqa, Myuller EChLning 1/8 finalida “Liverpul” bilan bo'lib o'tadigan ikkita uchrashuvni ham o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!