"PSJ" sardori: "Butun jamoa Tuxelni qo'llab-quvvatlamoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260

Frantsiyaning "PSJ" klubi himoyachisi Markinos jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelni iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Ushbu haftada "PSJ" EChL doirasida Germaniyaning «Leyptsig» (1:2) klubiga imkoniyatni boy bergandi.
«Butun jamoa Tuxelni qo'llab-quvvatlamoqda. U "PSJ" o'z tarixida eng zo'r davrlarni boshdan kechirayotgan paytda aynan u jamoani boshqardi, endi bo'lsa uning iste'fosi haqida gapirishmoqda. Futbolda sabr yo'q.
Biz o'z murabbiyimizga ishonamiz. Agar jamoa omadsiz o'ynayotganida bu faqat bosh murabbiyning aybi bilan bo'lmaydi. Futbolchilar ham javobgarlikni o'z bo'ynilariga olishlari va o'z ishlarini sidqidildan bajarishlari kerak bo'ladi», - dedi Markinos UEFA matbuot xizmatiga.

Home
133