«Barselona» futbolchisi 12,5 yilga qamalishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9814
Turkiya prokuraturasi “Barselona” va va Turkiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Arda Turonni qamoqga olishni so'ramoqda.
Arda Turon 372 ming evro jarima to'lab bo'ldi. Hozirda, uning bo'yniga litsensiyasiz qurol saqlash va zo'rlash ayblovlari yuklanmoqda. Agar ushbu ayblovlar o'z isbotini topsa u 12,5 yilga qamalishi mumkin.
Turonning hali ham “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi bor. Bir yil oldin uni Istambul klubi ijaraga olgan edi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli futbolchi Istambuldagi tungi klubda qo'shiqchi Berkay Shaxinning rafiqasiga tegajonlik qilgan.
Shundan so'ng u qo'shiqchini burnini sindirgan, bu ham mayli turkiyalik futbolchi shifoxonada yotgan Berkayning oldiga qurol bilan borib o'zini otib tashlashni so'ragan. Biroq, Shaxin bu ishga qo'l urmagan.