«Lokomotiv» nazorat uchrashuvida Rossiyaning «Dinamo» klubi bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4171
Xabaringiz bor, Superliganing amaldagi chempioni – “Lokomotiv” 30 yanvar-13 fevral kunlari oralig'ida Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazmoqda.
“Lokomotiv” futbolchilari 4ta sinov-nazorat o'yinlarida maydonga tushishi ko'zda tutilgan bo'lib, bugun ilk nazorat bahsi Moskvaning “Dinamo”siga qarshi bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yin 1:1 hisobida yakunlandi. Rus klubi safida Evgeniy Markov gol urgan bo'lsa, “temiryo'lchilar” safida Avazbek O'lmasaliev raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Ta'kidlash joiz, “Lokomotiv” 6 fevralda Qozog'istonning 5 karra chempioni “Astana” klubi bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!