«Liverpul» qishda «A» Seriya yulduzini sotib olmoqchi bo'lgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5895

“Liverpul” qishki transferlar vaqtida “Napoli” yarimhimoyachisi Lorentso Insineni sotib olmoqchi bo'ldi deb xabar beradi Repubblica.
Manbaning xabar berishicha, “qizillar” 27 yoshli futbolchi uchun neapolliklarga 70 mln evro taklif qilishgan biroq, “Napoli” ushbu taklifga rad javobini qaytargan.
Italiya klubi prezidenti Aurelio De Laurentis o'zining etakchi futbolchisini 150 mln evroga baholamoqda.
Ma'lumot o'rnida, Insine joriy mavsum “Napoli” safida 27 ta o'yinda maydonga tushib 11 ta gol va 5 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
136