Salaning samolyotidan bir jasad topildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4693
La-Mansh bo'g'ozida «Kardiff» hujumchisi Emiliano Salaning halokatga uchragan Piper PA-47 Malibu samolyoti qoldiqlari o'rganilmoqda.
Suvosti videokamerasidan foydalanilgan holda samolyotning ichida bir jasad borligi aniqlangan. Hozircha uning shaxsi aniqlanmagan. Eslatib o'tamiz, havo kemasi bortida futbolchi va uchuvchi Devid Aybbotson bo'lgan edi.
Ma'lumot o'rnida, 21 yanvar kuni kechqurun Emiliano Sala Frantsiyaning «Nant» klubidagi jamoadoshlari bilan xayrlashib, «Kardiff Siti» bilan shartnoma imzolash maqsadida, xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi. Biroq, samolyot ko'zlangan manzilga etib kelishidan 1 soat oldin radarlardan yo'qolib qoldi. Bundan biroz avvalroq, futbolchi WhatsApp’dagi chatga «hozir samolyot parchalanib ketsa kerak», degan xabarni jo'natishga ulgurgan edi. Samolyot qoldiqlari 3 fevral kuni dengiz ostidan topildi. Uni izlash ishlariga xayriya asosida katta miqdorda mablag' to'plandi.