«Metallurg» nazorat uchrashuvida TsSKA 1948ga mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6832
Bilasiz, ayni paytda barcha jamoalar yangi mavsumga qizg'in hozirlik jarayoni olib borishmoqda.
Yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'yayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi hozirda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda. Bekobodliklar bugun yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.
Bu safar “Metallurg”ga joriy mavsumdan boshlab Bolgariyaning ikkinchi divizionida qatnashayotgan “TsSKA 1948” klubi raqiblik qildi.
Bolgar klubi Facebook sahifasi yozilishicha, 2016 yilda qaytadan tashkil etilgan “TsSKA 1948” klubi uchun ushbu uchrashuv yangi tarixdagi xalqaro maqomdagi ilk o'rtoqlik o'yini bo'ldi. Qiziqarli kechgan o'yin taqdirini hal etgan golga Aleksandr Aleksandrov mualliflik qildi va o'yin bolgar jamoasi foydasiga hal bo'ldi.