«Barselona» direktorlar kengashi yaqin orada Bartomeuning taqdirini hal qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208
"Barselona" klub prezidenti Xosep Bartomeuga nisbatan ishonchsizlik votumi bo'yicha ovozlar sonini hisob-kitob ishlarini yakunladi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Shu tariqa, jamoa direktorlar kengashi yaqin orada so'rovnoma o'tkazib, Bartomeuning taqdirini hal qiladi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 66 foizi prezidentning iste'fosi uchun ovoz berishi kerak bo'ladi.
Bartomeu "Barsa" tarixida ishonchsizlik votumiga uchragan uchinchi prezidentga aylandi. Avvalgi 2ta holatda prezidentlar iste'foga chiqarishlarini kutib o'tirmasdan o'zlari iste'fo berishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!