UEFA Armaniston va Ozarboyjon o'yinlarini neytral maydonga ko'chirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Armaniston va Ozarboyjon terma jamoalarining Millatlar ligasi doirasidagi uy uchrashuvlarini neytral maydonga ko'chirildi. Bu haqda "Associated Press" xabar tarqatdi.
Tog'li Qorabog'da yuz berayotgan harbiy mojarolar tufayli UEFA shunday qaror qabul qildi.
Armaniston terma jamoasi 11 oktyabr kuni Erevanda Gruziyani qabul qilishi kerak edi, ammo o'yin Polshaning Tixi shahrida o'tkaziladi.
Ozarboyjonning Kiprga qarshi 13 oktyabr kuniga belgilangan bahsi esa Bokudan Albaniyaning Elbasan shahriga ko'chirildi.
Avvalroq 7 oktyabr kuniga belgilangan Armaniston va Albaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!