Kalexonning yangi jamoasi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
Italiyaning "Napoli" klubi sobiq yarim himoyachisi Xose Kalexon erkin agent sifatida "Fiorentina"ga o'tdi. Bu haqda "binafshalar" rasmiy sayti yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ispaniyalik 33 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, Kalexon o'tgan mavsumda A Seriyada 33ta bahsda harakat qilib, 4ta to'p kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!