"Atletiko" futbolchisi Bundesligaga ko'chib o'tishga rozi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Toma Lemar Germaniyaning «RB Leyptsig» klubiga o'tishga rozilik berdi.
L’Equipe nashrining tarqatgan xabariga qaraganda, 24 yoshli frantsiyalik futbolchi yaqin soatlar ichida "Leyptsig" futbolchisiga aylanadi. Nemislik frantsiyalik futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqda. Germaniya klubi futbolchining transferini keyinchalik sotib oladimi yoki yo'qmi, bu haqda ma'lumot yo'q.
Eslatib o'tamiz, «matraschilar» Lemarning transferi uchun 70 million evro sarf qilgandi. Biroq, Lemar o'tgan mavsum o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!