Lukas Ernandes: "Atletiko"ga qarshi bahs juda qiyin kechadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321
Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Lukas Ernandes EChL guruh bosqichi uchun tashlangan qur'a haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Guruh bosqichida sobiq jamoam - «Atletiko»ga qarshi bahs olib borishimizdan xursandman. Bu - men futbolchi bo'lib o'sgan, menga ko'p narsalarni bergan va haligacha iliq aloqalarni ushlab qolgan klub sanaladi. Ularga qarshi o'yinlar juda qiyin bo'ladi, chunki ular himoyada juda tartibli o'ynaydi va o'z safiga yangi ajoyib hujumchilarni qo'shib oldi. Ular bizga muammo tug'dirishlari aniq, shuning uchun ularni mag'lub etish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak, — Ernandesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Bavariya» rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!